Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent "Katta dubulg‘a" turnirini kuchli uchlikda yakunladi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulg‘a” turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlandi. Dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu natija bilan dzyudochilarimiz Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:
Oltin medal:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
Kumush medal:
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
Bronza medal:
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon No‘monov
-90 kg: Davlat Bobonov “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing