Bugun Superliganing 2-turi boshlanadi. Toshkentda amaldagi chempion “Paxtakor” asosiy raqobatchisi Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.
Shubhasiz, bugun barchaning e’tibori “Paxtakor” markaziy stadioniga qaratiladi. Oxirgi paytlarda yangrayotgan kim kuchli, degan savolga javob olinsa ajab emas.
Albatta, bunda “Nasaf”ning imkoniyatini yuqori baholayotganlar bisyor. Mutaxassislarimizdan biri Kamoliddin Murzoyev mazkur o‘yinga munosabat bildirdi.
- "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan nima kutyapsiz?
- “Paxtakor” – “Nasaf” so‘zsiz tur afishasi. Bu uchrashuvga ortiqcha reklamani hojati yo‘q. Bittagina holat borki, o‘yin mavsum boshida o‘tayotgani va ikkala jamoani hali to‘liq optimal formada emasligini inobatga olmasak, nafaqat turning, balki mavsum o‘yinlaridan biri. Chiroyli, mazmunli va ikkala klubni ruhidagi futbolni kutyapman.
- Ko‘pchilik "Paxtakor"ni biroz kuchsizlangani, yoshlarga ko‘proq e’tibor qarayotganini va aksincha "Nasaf" bir muncha kuchayganini e’tirof qilmoqdalar. Bu faktorlar bahs oldidan qanchalik asosli?
- To‘g‘ri, “Paxtakor”dan Hamrobekov, Sayfiyev, Turg‘unboyev kabilarning ketishi jamoani kuchsizlandi, desak bo‘ladi. Lekin shuning bilan birgalikda “Paxtakor” – bu “Paxtakor. Saqlab qolingan tarkibini kuchsiz deb ham bo‘lmaydi. Bu o‘sha biz bilgan “Paxtakor”. Akademiyasi va yoshlarini tarbiyalash bo‘yicha doimo ilg‘or klublarimizdan bo‘lgan. “Nasaf” borasida fikringizga qo‘shilaman. Har yili yaxshi mavsum o‘tkazganidan so‘ng 2 yoki 3 ta lider futbolchilarini qo‘yib yuborardi. Bu yil aksincha, “Nasaf” o‘tgan yilgi tarkibini saqlab qolish bilan birgalikda safini kuchaytira oldi. Faktorlarni o‘yinga ta’siri haqida gapiradigan bo‘lsak, buni albatta maydonda 90 daqiqadan so‘ng bilib olamiz. Bugungi kunda futbolda faktorlar, nomlar chekkaga surilib qo‘yiladigan paytlar ham bo‘ladi. Albatta, ozmi-ko‘pmi, ushbu faktorlarni inobatga olmay ilojimiz yo‘q. Lekin, o‘ylaymanki, uchrashuvning umumiy tuzilishiga bu narsalar halaqit bermaydi.
- Siz bu uchrashuvda qanday natijani kutyapsiz?
- Natijaga keladigan bo‘lsak, jamoalar tomoshabop o‘yin o‘tkazib berishlarini kutyapman. Sermahsul o‘yin bo‘lishi va ikkala klub ochiqroq futbol ko‘rsatishini juda xohlardim. Bu chempionatning boshi va hali ushbu to‘qnashuv strategik jihatdan biror-bir nimani belgilab beradigan darajada emas.
- O‘yinning "Paxtakor"da o‘tishi mezbonlarga qanchalik ustunlik berishi mumkin, deb o‘ylaysiz?
- Ochig‘i, bu katta faktor o‘ynamaydi. Baribir, tan olishimiz kerak, agar raqib vodiy klubi bo‘lganida mezbonlar, tomoshabinlar jihatidan ustunlik berishi mumkin edi. Ammo o‘yinni “Paxtakor”da o‘tayotgani qanaqadir katta ustunlik beradi, deb ayta olmayman. Faqat “Paxtakor” 1-turni uyida o‘tkazgani va “Nasaf” Qarshidan kelishi kabi holat bor xolos.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi