19:37 / 08.03.2024
134

Superliga. “Paxtakor” “Nasaf” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Paxtakor” “Nasaf” bilan durang o‘ynadi
Foto: “Nasaf”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turida “Paxtakor” 8 mart, juma kuni “Nasaf”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi hujumkor o‘tdi, ammo darvozabonlarning ishonchli harakati sabab hisob ochilmadi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi ham ikki jamoaning hujumkor harakatlari bilan yodda qoldi. Uchrashuvning 66-daqiqasida Abduxoliqov “Maradona” uslubida gol urdi. Hujumchi boshi yetib bormaganidan keyin qo‘lni “ishga solgani” VAR tomonidan aniqlandi. Gol bekor qilinishi bilan bir qatorda futbolchi ogohlantirildi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari shiddatli ko‘rinish oldi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalar so‘nggida Cheran darvozabon bilan yakkama yakka qolgan vaziyatda ishonchsiz harakat qildi.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishdi.

“Paxtakor” – “Nasaf” 0:0
“Paxtakor”
: 35. Pavel Pavlyuchenko, 77. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 2. Behruz Asqarov, 22. Umar Adhamzoda, 15. Diyor Ortiqboev, 27. Sardor Sobirxo‘jaev, 8. Diyor Xolmatov, 17. Doston Hamdamov, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (33. Doniyor Abdumannopov, 75), 10. Dragan Cheran.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 5. G‘olib G‘aybullaev, 6. Murod Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdurahmatov (88. Marko Stanoevich, 53), 14. Sharof Muhitdinov, 20. Viktor Da Silva (10. Bobir Abduxoliqov, 53), 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiev (2. Alibek Davronov, 53), 32. Zoran Marushich (30. Temur Chogadze, 74), 70. Jambuli Jigauri (77. Oybek Bozorov, 74).

Ogohlantirish: Behruz Asqarov (38), Bobir Abduxoliqov(68), Igor Golban (90), Diyor Ortiqboev (90+3).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” “Nasaf” bilan durang o‘ynadi