Foto: Uzbekistan Chess Federation
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 3-7 mart kunlari klassik shaxmat bo‘yicha xalqaro “Aeroflot Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Nodirbek musobaqa davomida 4 g‘alaba va 5 durang qayd etdi. U ikkinchi o‘rindagi Andrey Yesipenkodan qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldi.
Eronlik Amin Tabatoboiy esa 7,5 ochko bilan turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonliklar orasida Abdumalik Abdusalimov (24), Saidakbar Saydaliyev (29), Shamsiddin Vohidov (34), Almas Rahmatullayev (39) 5,5 ochko to‘plab kuchli qirqtalikdan o‘rin olishdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 7 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan shaxmatchimizga esdalik sovg‘alari bilan bilan birgalikda 1.600.000 (taxminan 17500 dollar) rubl miqdoridagi pul mukofoti topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi