21:49 / 08.03.2024
178

Maksim Shatskix: "Bugun raqibdan ustunroq edik"

Maksim Shatskix: "Bugun raqibdan ustunroq edik"
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Menga bugungi uchrashuv yoqdi. "Nasaf"ga qarshi kechadigan uchrashuvlar har doim qiziqarli kechadi. Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo raqib ham kuchli jamoa edi. Bugun sifatli o‘yin namoyish etdik. Menimcha bugun raqibdan yaxshiroq o‘ynadik va ustunroq edik. G‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo g‘alabalarimiz hali oldinda.

- Cheran o‘yin yakunida ajoyib vaziyatga ega bo‘ldi. Cheranga o‘yindan so‘ng nimalar dedingiz va agarda Draganning o‘rnida boshqa bir yoshroq futbolchi bo‘lganida unga ko‘proq e’tiroz bildirar edingizmi?
- O‘sha vaziyatda golni nishonlan uchun yugurib ketayotgan edim. Cherandek tajribali futbolchilar bunday vaziyatlardan ming foiz gol urishadi. Dragan Hamdamovga pas bermoqchi ekanligini aytdi. Cheranning vaziyatidan oldin ham ancha xavfli vaziyatlar yaratgandik. Draganning o‘rnida yoshroq futbolchi bo‘lganida ham uni urushmas edim. Yosh futbolchilar xatolar orqali tajriba to‘plashadi va ularning xatoga yo‘l qo‘yishi tabiiy hol.

- Bugun "Paxtakor" jamoasi bitta o‘zgarishga qo‘l o‘rdi. Zahirasiz o‘ynash qanchalik qiyin?
- "Nasaf" bugun beshta o‘zgarishga qo‘l urdi. Biz esa bor yo‘g‘i bitta o‘zgarish qildik. Rotatsiya qilish uchun ko‘proq futbolchilarimiz bo‘lganida yaxshi bo‘lar edi, ammo hozirgi kunda bor imkoniyatlarimiz shu.

- Jamoaning asosiy himoyachilari Azmiddinov va Hamraliyevlar qachon safga qaytishadi?
- Bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Ularning yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish. Hozirgi kunda himoyada o‘ynayotgan yosh futbolchilarimizga e’tirozim yo‘q. Ular yaxshi o‘yin namoyish etmoqda.

- Rotatsiya qilish uchun futbolchilar yetishmayotganligi haqida gapirib o‘tdingiz. Mart oyida esa FIFA kunlari bor va "Paxtakor" safidagi futbolchilar terma jamoalarga chaqiruv olishi aniq. Futbolchilar yetishmayotganda bir pallada, bor tarkib ham terma jamoa yig‘inlariga ketishi qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?
- Bizda nafaqat asosiy terma jamoa balki olimpiya va yoshlar terma jamoalariga yo‘l oladigan futbolchilar ham talaygina. Bor tarkib bilan ishlashda davom etamiz. Zaxiraga keladigan bo‘lsak, bizda bor futbolchilarga tajriba kerak. Ular tajriba to‘plashi uchun esa vaqt talab etiladi.

- Yosh futbolchilar asosiy tarkibda muntazam o‘ynashi va yetarlicha tajriba to‘plashi uchun taxminan qancha vaqt kerak deb o‘ylaysiz?
- Chempionat o‘yinlari orqali ular tajriba to‘plashda davom etishadi. Azmiddinov va Hamraliyev qaytganidan so‘ng, asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat boshlanadi. Hech qaysi futbolchining asosiy tarkibdan joy olishi kafolatlanmagan. Qanchalik ko‘proq o‘yin vaqti taqdim etilsa, yosh futbolchilar ko‘proq tajriba to‘plashadi. Bunday holatda U21 chempionatidagi ishtirok ham katta rol o‘ynaydi. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, yosh futbolchilarimizga taxminan bir yarim yil vaqt kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Bugun raqibdan ustunroq edik"