
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada "Kalyari"dagi debyut golini urdi.
76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.
Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
ITALIYA A SЕRIYASI TURNIR JADVALI

"Kalyari" — "Salernitana" 4:2
Gollar: Lapadula (12), Gaetano (40), Shomurodov (51, 76) — Kastanos (56), Maggiore (58).
"Kalyari": Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Veteska, Nandes (Viola, 66), Yankto (Atssi, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66).
"Salernitana": Ochoa, Dzanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Bashich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Madjore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65).
Ogohlantirish: Audjello (70), Kastanos (73), Sambiya (85). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar