«Chelsi» klubi sobiq xo‘jayini Roman Abramovich yangi klubni sotib olmoqchi. AS nashri xabariga ko‘ra, biznesmen «Valensiya»ni xarid qilmoqchi. Klub muxlislari rahbariyat o‘zgarsa jamoa natijalari yaxshilanishiga umid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Roman Abramovich 2003 yilda «Chelsi»ni sotib olgandi. Rossiyalik oligarxga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar tufayli 2022 yilda ingliz klubini sotishga qaror qilgandi. Abramovich davrida «Chelsi» 19 yil ichida 5 marta Angliya chempioni bo‘ldi, 5 marta Angliya kubogini, 3 marta — Liga Kubogini, 2 marta — Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan, 2 martadan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida zafar quchgan, bir marta UYEFA Superkubogi sohibi bo‘lgan va bir marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini yutgan.
«Valensiya» hozir Ispaniya chempionatida 27ta o‘yindan 40 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”