Ronaldu eng ashaddiy dushmanim, lekin...

“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jorjo Kyellini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Krishtianu Ronaldu eng ashaddiy dushmanim, lekin shu bilan birga eng yaxshi jamoadoshim hamdir, - dedi Jorjo Kyellini.
Kyellini va Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” sharafini birgalikda himoya qilgan. Professional faoliyati davomida Turin superklubidan tashqari “Livorno”, “Fiorentina” va “Los-Anjeles” sharafini himoya qilgan Jorjo Kyellini 2023 yilning dekabrida futbol bilan xayrlashdi.
Krishtianu Ronaldu esa, 39 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, faoliyatini to‘xtatish niyati yo‘q. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr”ning asosiy to‘p urari hisoblanadi. Uning arablar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.

Izohlar 0
…