
3-11 mart kunlari Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi 1-jahon kvalifikatsion turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda erkaklar va ayollar milliy terma jamoamiz ham 9 nafar bokschi bilan ishtirok etishdi.
Olimpiyada yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, erkaklar terma jamoamiz o‘zlari ishtirok etgan barcha vaznda yo‘llanmaga ega chiqishgan bo‘lsa, ayollarimizdan bir nafar vakilamiz Parij-2024 olimpiyadasiga yo‘llanmani naqd qildi.
Parij chiptasini qo‘lga kiritgan bokschilarimiz bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
Erkaklar terma jamoamiz to‘liq tarkibda, 7 ta vaznda ham Parij-2024 yo‘llanmasiga ega chiqishgan (Hasanboy Do‘stmatov, Abdumalik Xalokov, Bahodir Jalolov ham yo‘llanma olgan).
Ayollarimizda esa 4 ta vaznda halicha yo‘llanma qo‘lga kiritilmadi va endilikda ular Tailandda bo‘lib o‘tadigan litsenzion turnirda ishtirok etadilar.
BokschilarParij 2024Olimpiya O'yinlariQalifatsion TurnirErkaklar TermaAyollar TermaTailand Turniri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar