06:12 / 15.03.2024
140

Yevropa ligasi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol urgan "Bayer" chorak finalga yo‘l oldi

Yevropa ligasi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol urgan "Bayer" chorak finalga yo‘l oldi
Yevropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bayer" - "Qorabog‘" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda leverkuzenliklar qiyinchilik bilan 3:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Zubir 58-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Junino farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Ta’kidlash lozim, hisobdagi farq ikkita bo‘lishidan sal avval mehmonlar futbolchisi Elvin qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Shundan so‘ng 72-daqiqada Frimpong "Bayer"ni o‘yinga qaytargan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 90+3 va 90+7-daqiqada kiritilgan gollar Xabi Alonso shogirdlariga chorak final yo‘llanmasini olib keldi.

Qayd etish lozim, mazkur klublar o‘rtasidagi ilk bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

"Bayer" Germaniya – "Qorabog‘" Ozarbayjon 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar
: 0:1 – 58 Zubir, 0:2 – 67 Junino, 1:2 – 72 Frimpong, 2:2 – 90 Shik, 3:2 – 90 Shik.
"Bayer" – Kovarj, Frimpong, Tapsoba, Kossunu (Stanishich, 79), Andrix, Inkapie (Grimaldo, 60), Djaka, Xofmann (Palasios, 28), Virts, Adli, Iglesias (Shik, 59).
"Qorabog‘" – Lunev, Veshovich (Medina, 87), Guseynov, Mustafazade, Djafarguliyev, Benziya (Bayramov, 66), Zubir (Patrik, 86), Yankovich, Andrade (Mateus, 78), Romao, Junino (Axundzade, 78).
Ogohlantirishlar: Shik (70), Junino (78), Lunev (90).
Chetlatish: Jafarguliyev (63).
Dastlabki o‘yin: 2:2

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa ligasi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol urgan "Bayer" chorak finalga yo‘l oldi