23:39 / 15.03.2024
138

Anchelotti: "Man Siti" bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak"

Anchelotti: "Man Siti" bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak"
"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida to‘qnash keladigan bo‘lajak raqib bo‘lgan "Man Siti" klubi haqida fikr bildirdi.

"Juda qiyin raqib, ammo boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdi. Turnirni yutish maqsadimizdir. Agar siz chempion bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshilarni mag‘lub qilishingiz kerak.

Balki, "Man Siti" bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak. YECHLni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsak, "Man Siti"ni mag‘lub qilishimiz shart.

Ikkala jamoada ham ulkan optimizm bor. "Manchester Siti"da hozir nima haqida o‘ylashayotganini bilmayman, katta ehtimol bilan biz kabi bo‘lsa kerak
", - deydi Karlo Anchelotti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: "Man Siti" bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak"