Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo VT bo‘yicha Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasining ikki nafar a’zosi — Jasurbek Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) ishtirok etdi.
Quvonarlisi, har ikki sportchimiz o‘z janglarida g‘alaba qozonib, to‘rt yillikning eng muhim kompleks musobaqasi uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, Xitoydagi musobaqadan so‘ng milliy jamoamizdagi yo‘llanmalar soni to‘liq bo‘ldi - 4 ta. Bu natija Tokio-2020 Olimipiya o‘yinlarida ham sodir bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga ko‘ra, taekvondo VT sport turida ayollar va erkaklar 4 tadan vazn toifasida ishtirok etadi. Har bir mamlakat federatsiyasi o‘z ixtiyoriga ko‘ra ayollar va erkaklar orasidan 2 tadan vazn toifasida yo‘llanmalar uchun qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq, milliy jamoamizning ikki nafar a’zosi — Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) reyting ochkolari orqali Parij-2024 chiptasiga ega chiqqan edi.
Shu tariqa, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida milliy jamoamiz to‘liq tarkibda ishtirok etadigan bo‘ldi:
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”