O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi va hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa muxlislar gollar guvohiga aylandi. Dastlab, 60-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, mezbonlar futbolchisi Mirjahon Mirahmadov tezkor javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 73-daqiqada Tabatadze penaltidan unumli foydalanib, namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘ngida esa “qaldirg‘ochlar” futbolchisi Mirjahon Mirahmadov darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" Superliga joriy mavsumidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Navbahor" ketma-ket ikkinchi uchrashuv ochko yo‘qotmoqda.
“Bunyodkor” – “Navbahor” 2:2
Gollar: 0:1 — 60 Tabatadze, 1:1 — 65 Mirahmadov, 1:2 — 73 Tabatadze (penalti), 2:2 — 90+7 Mirahmadov.
“Bunyodkor”: 71. Sarvar Karimov, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 7. Suhrob Izzatov, 10. Rasul Yo‘ldoshev (8. Frane Chiryak, 55), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (9. Umidbek Sultonov, 59), 17. Ollabergan Karimov (47. Rustamxon Azimov, 88), 19. Bilol Tupliyev (92. Toni Yovich, 88), 45. Farhod O‘tkirov (14. Mirjahon Mirahmadov, 59), 57. Amir To‘raqulov, 66. Azizbek To‘lqunbekov, 77. Muzaffar Olimjonov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobijonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 46), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Abrorbek Ismoilov (32), Farhod O‘tkirov (55), Muzaffar Olimjonov (77). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”