date

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini 41 yoshida Madridning "Real" klubida yakunlamoqchi ekanligini e’lon qildi. Yaqin orada hujumchi madridliklar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Real" bilan shartnomamni uzaytirmoqchiman. Men dunyodagi eng yaxshi klubda o‘ynamoqdaman va faoliyatimni 41 yoshimda shu erda yakunlamoqchiman", deb aytdi Ronaldu.

Portugaliyalik uning hozirdagi asosiy vazifalari orasida Ispaniya chempionati va kubogi hamda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish borligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, futbolchi Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatida o‘z terma jamoasiga yordam bermoqchi.

"Bu yil unutilmas bo‘ldi. Evropaning eng yaxshi o‘yinchisi uchun sovg‘a – ajoyib mavsumga yakun yasovchi muhim unvondir. "Real" va terma jamoa bo‘yicha sheriklarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Ronaldu.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatmoqchi ekanligini ma’lum qildi