“Barselona” futbolchisi Rafinya Saudiyaning “Al-Hilol” klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
O‘tgan haftada Saudiya klubi “Barselona” vingeriga 80 million yevrodan baland narx to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘lgandi. Diario Sport nashrining aniqlik kiritishicha, gap Rafinya haqida ketmoqda.
Ar-Riyod klubi braziliyalik futbolchiga 100 million yevro va bonuslar to‘lab bermoqchi. Shuningdek, “Al-Hilol” Rafinyaga hozirgi maoshidan 3 baravar ko‘proq maosh to‘lashga tayyor. Hozir futbolchi ispan klubida soliqlardan tashqari 5,5 million yevro maosh oladi.
“Barselona” ham taklifni o‘ylab ko‘rmoqchi. Vingerning sotuvidan tushgan mablag‘ orqali moliyaviy muammolarni bartaraf etishni ko‘zda tutgan.
Rafinya kataloniyaliklar safini tark etishni xohlamaydi. Undan tashqari futbolchining agenti bo‘lgan Deku hozirda “ko‘k-anorranglilar” sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”