
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandes o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.
Xavi keyinchalik jamoa Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan taqdirda ham fikridan qaytmasligini tan oldi. Shunga qaramay, Kataloniya klubi rahbari hamon uni fikridan qaytarishga urinmoqda.
"O‘ylaymanki, agar biz sovrinlarni qo‘lga kiritsak, Xavi o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi. Mavsum oxirida gaplashamiz. Ba’zida qarorlar o‘zgaradi", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" La Ligada "Real"dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida Xavi shogirdlari chorak final bosqichida PSJga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar