Jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hammaga xayrli kun! Bugun Gonkongni mag‘lub etdik. Ko‘pchilik buni oson g‘alaba, deb hisoblaydi. Aslida, unday emas. Raqib biz uchun yaxshigina qarshilik ko‘rsata oldi.
Bizda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo imkoniyatlarning barchasidan to‘la foydalanish imkonsiz masala. Umumiy qilib aytganda, biz g‘alabaga loyiq edik.
Srechko Katanes oxirgi vaqtda shaxsiy muammolar sabab biz bilan birga emas. Unda aynan qanday muammo borligini bilmaymiz. Bosh murabbiy bizga bu haqda aniq ma’lumot oshkor etmadi. U 100 foiz o‘yinga tayyor emasligini aytgandi va biz shunga monand harakat qildik.
Tarkibda yosh futbolchilar ko‘pligi hammani quvontiradi. Ularni yanada ko‘proq jalb etilishi odatiy hol. Ular mamlakat futbolining kelajagi sanaladi.
Husanov, Fayzullayev, Erkinov kabi nomlar tobora o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ishqibozlarni xushnud etmoqda. Bunday yosh yigitlarimiz soni ko‘payib borishiga ishonamiz va ularni kashf etish bo‘yicha ham izlanishda davom etamiz.
Keyingi uchrashuv o‘z nomi bilan keyingi uchrashuv. Bu haqda o‘ylashimizga hali vaqt yetarli, deb o‘ylayman. Hozir bugungi g‘alabani va undagi kamchiliklarimizni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Shuni aytishim mumkinki, har o‘yinda biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”