21:07 / 30.03.2024
135

Superliga. "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf" bilan durang o‘ynadi

Superliga. "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Mazkur bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Maydon egalari safida golga Islom Mamatkazin mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli esa Zoran Marushich nomiga qayd etildi. Ahamiyatlisi, andijonliklar o‘yin yakunida to‘pni raqib darvoza chizig‘i ustida to‘rga joylab qo‘ya olmadi.

Shu tariqa, "burgutlar" ushbu durangdan keyin ochkolarini 8 taga yetkazib oldi va jadvalda 2-o‘rindan joy oldi. "Ajdarlar" ham 8 ochko to‘plagan, klub hozircha 4-pog‘onani band etib turibdi.

"Andijon" – "Nasaf" 1:1
Gol: 10 - Zoran Marushich (Sharof Muhitdinov), 33 - Islombek Mamatkazin (Bektemir Abdumannonov)
«Andijon»: 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 7. Sherzod Esanov (31. Demir Imeri,60), 8. Farxod Bekmurodov (10. Ilhomjon Abdig‘aniyev, 75), 13. Sardorbek Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farxodjon Sohibjonov (94. Armin Boshnyak, 75), 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 51. Luka Zgurskiy (77. Rustam Turdimurodov, 86), 71. Bektemir Abdumannonov ( 9. Levan Arveladze, 60).
Zaxira: 12. Mohirbek Komilov, 4. Marlen Chobanov,14. Abduraxmon Komilov, 66. Ilhomjon Alijonov.

«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev ( 9. Javohir Sidiqov,87), 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov (88.Marko Stanoyevich,71), 20. Viktor da Silva (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 22, Igor Golban, 27. Islom Kenjaboyev (10. Bobir Abdixaliqov, 46), 32. Zoran Marushich, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (70. Jambuli Jigauri, 71).
Zaxira: 91. Zafar Safayev,21. Doniyor Narzullayev, 30. Temur Chogadze, 44. Shahzod Akramov.

Ogohlantirish: 15 - Akmal Mozgovoy, 40 - Alibek Davronov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf" bilan durang o‘ynadi
ePN