date

Lionel Messi Argentina terma jamoasida yarim himoyada o‘ynaydi

Lionel Messi Argentina terma jamoasida yarim himoyada o‘ynaydi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa hujumchi Lionel Messini yarim himoyada sinab ko‘rish maqsadi borligini bildirdi.

- Amerika Kubogida Messi aldamchi to‘qqizlik o‘rnida o‘ynadi. Unga nisbatan ko‘p qo‘pollik ishlatildi va o‘z o‘yinini namoyish etish imkonini berishmadi. Men esa Messidan o‘zi hujum tashkil qiliish mumkin bo‘lgan joyda foydalanmoqchiman.

Messi ikki-uch futbolchi qurshovida bo‘lmaydigan joyda menga kerak. Agar u yarim himoyada to‘pni qabul qilib oladigan bo‘lsa, raqibga ko‘p tashvish keltirishi mumkin, - deydi Bausa.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi finalida Chilidan penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragach, Messi termadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Ammo Bausa bilan suhbatlashib olgach, yana jamoaga qaytishga roziligini bildirdi.

Manba: www.championat.com
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi Argentina terma jamoasida yarim himoyada o‘ynaydi