Angliya Premer-ligasining 30-turidan keyin musobaqa jadvalining yuqori qismida o‘zgarish bo‘ldi.
Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” qiyin o‘tgan uchrashuvda “Brayton” ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Amaldagi chempion “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni yengolmadi. Bellashuvda har ikki jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bu natijalardan keyin “Liverpul” birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Opta statistika portali 30-turdan keyin jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatini hisob-kitob qilib chiqdi. Unga ko‘ra, “Livepul”ning mavsumni birinchi o‘rinda yakunlash imkoniyati 48 foizga baholandi.
Ochko yo‘qotgan “Manchester Siti”ning chempionlikni saqlab qolish imkoniyati 46 foizdan 34 foizga pasaydi.
“Arsenal” ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz qoldi. Mikel Arteta shogirdlarining chempionlik ulushi 19 foizga tengligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”