Artur Taymazov Pekin Olimpiadasida qo‘lga kiritgan oltin medalidan mahrum etildi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov “Olimpiada-2008”ning oltin medalidan va 2012 yilgi London Olimpiadasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan rossiyalik erkin kurash ustasi Besik Kuduxov kumush medalidan mahrum etildi. Bu haqda “FLOwrestling”ga asoslanib “Kun” nashri yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, 120 kilogrammgacha vaznga ega bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etgan Artur Taymazovdan olingan doping namunasi ijobiy chiqqan. Oltin medal Taymazov bilan final jangida gilamga chiqqan rossiyalik Baxtiyor Ahmedovga berilishi mumkin.
2013 yilda dahshatli avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan rossiyalik sportchi Besik Kuduxov London Olimpiadasida ozarbayjonlik To‘g‘rul Asqarovga qarshi gilamga chiqib, mag‘lub bo‘lgan edi va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Ukrainaning erkin kurash bo‘yicha sportchilarida ham doping-test o‘tkazilgach, 2008 va 2012 yillardagi Olimpiada o‘yinlari medallaridan mahrum etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Artur Taymazov uch karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. U “Afina – 2004” va “London – 2012” Olimpiadalarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing