11:22 / 05.04.2024
124

“Chelsi” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, “Manchester Yunayted”dan g‘alabani tortib oldi

“Chelsi” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, “Manchester Yunayted”dan g‘alabani tortib oldi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasi 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 4 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Gallaher hisobni ochdi. 19-daqiqada Palmer penaltidan gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 34-daqiqada Garnacho javob golini urdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Brunu Fernandesh muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. 67-daqiqaga kelib, mankunianliklar futbolchisi Garnacho yana bir bor darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 90+10-daqiqada esa Palmer yana bir bor ishlab olingan penaltini golga aylantirdi va dramatik bahs hali tugamaganini bildirdi. Maydon markazidan boshlangan o‘yin yana bir xavfli vaziyat va londonliklarning golli hujumi bilan yakunlandi. 90+11-daqiqada Palmer het-trikni rasmiylashtirib, jamoasining super g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

“Chelsi” –“Manchester Yunayted” 4:3
Gollar
: 1:0 – 4 Gallaher, 2:0 – 19 Palmer (penalti), 2:1 – 34 Garnacho, 2:2 – 39 Brunu Fernandesh, 2:3 – 67 Garnacho, 3:3 — 90+10 Palmer (penalti), 4:3 — Palmer.
“Chelsi”: Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 75), Disasi (Chaloba, 75), Badyashil, Kukurelya, Gallaher, Mudrik (Sterling, 71), Fernandes, Palmer, Kaysedo (Chukvuemeka, 71), Jekson.
“Manchester Yunayted”: Onana, Uan-Bissaka, Varan (Evans, 46; Kambvala, 66), Maguayr, Diogu Dalot, Kazemiro (Maktominey, 75), Brunu Fernandesh, Maynu, Antoni, Garnacho, Heylund (Reshford, 66).
Ogohlantirishlar: Gyusto (32), Fernandes (35).

“Liverpul” esa o‘z maydonida “Sheffild”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mersisaydliklar safida Darvin Nunez, Aleksis Mak Allister va Kodi Gakpolar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol Bredli hisobiga avtogol sifatida yozildi.

“Liverpul” –“ Sheffild” 3:1
Gollar
: 1:0 – 17 Nunes, 1:1 – 58 Bredli (avtogol), 2:1 – 76 Mak Allister, 3:1 – 90 Gakpo.
“Liverpul”: Kelleher, Bredli, van Deyk, Konate, Gomes (Gakpo, 73), Soboslai (Jons, 73), Mak Allister, Gravenberh (Robertson, 60), Saloh (Elliott, 60), Dias, Nunes.
“Sheffild Yunayted”: Grbich, Bogl, Robinson, Holgeyt (Sliman, 87), Ahmedhojich, Trasti (Bruks, 78), Hamer (Osborn, 62), Vinisius, Arblaster, Makati (Makberni, 63), Brereton (Osula, 63).
Ogohlantirish: Makberni (87).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Chelsi” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, “Manchester Yunayted”dan g‘alabani tortib oldi