Qozog‘istonning amaldagi chempioni “Ordabasi” o‘tgan yili qo‘lga kiritgan unvonini himoya qilishga qiynalmoqda. Bu ko‘p jihatdan mavsumlar oralig‘ida tarkibda yuz bergan o‘zgarishlar bilan ham bog‘liq.
Shunday bo‘lsa-da, chimkentliklarga yuqori o‘rinlar uchun kurashda o‘zbek legionerlari – Jasurbek Yaxshiboyev va Shahboz Umarov katta yordam beryapti.
Premer-liganing to‘rtinchi turida “Ordabasi” safar o‘yinida “Turon” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Bungacha chimkentliklar uchta uchrashuvda bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgani bois, bu galgi bahsning natijasi muhim ahamiyat kasb etardi.
“Ordabasi” qiyin o‘tgan bellashuvni o‘z foydasiga hal qilishni uddaladi. Mehmonlarning g‘alabasini Jasur Yaxshiboyev ta’minladi. Legionerimiz birinchi bo‘lim o‘rtalarida jamoadoshining jarima nuqtasidan uzatgan to‘pini boshi bilan “Turon” darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.
Jasurbek Yaxshiboyev o‘z goli bilan jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi hamda bundan tashqari, o‘zi ham liga to‘purarlari poygasiga qo‘shildi.
Ayni paytda legiorenimiz to‘purarlar bahsida uchtadan gol kiritgan Yevgeniy Beryozkin (“Qiziljar”) va Idris Umayev (“Aktobe”) bilan birga peshqadamlik qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jasurbek Yaxshiboyev qo‘shni mamlakat chempionatining dastlabki to‘rtta uchrashuvidan uchtasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Hamyurtimiz “Shaxtyor”, “Qayrat” va “Turon” darvozalarini ishg‘ol qildi. Shuningdek, uning hisobida bitta golli pas ham bor.
“Ordabasi”dagi ikkinchi vakilimiz – Shahboz Umarov to‘rtta uchrashuvda bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan.
To‘rtinchi turdan so‘ng Qozog‘iston Premer-ligasida sakkiz ochko to‘plagan “Qayrat” peshqadamlik qilmoqda. Bu jamoa ikkitadan g‘alaba va durang qayd etgan.
Joriy mavsumda “Qayrat” sharafini o‘zbekistonlik legioner Ibrohimxalil Yo‘ldoshev himoya qilmoqda. Qozog‘istonliklar chap qanot himoyachisini keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasidan bir mavsumga ijaraga oldi.
Yo‘ldoshev o‘zi uchun yangi chempionatda muntazam maydonga tushmoqda va “Qayrat”ning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Qozog‘iston Premer-ligada to‘p tepayotgan yana bir legionerimiz Shohnazar Norbekovning ishlari yurishmayapti. Tajribali hujumchimiz o‘ynayotgan “Qaysar” jamoasi hali birorta ochko jamrg‘ara olmagan yagona jamoa hisoblanadi.
Taniqli murabbiy Viktor Kumikov qo‘l ostida o‘ynayotgan Shohnazar Norbekov esa, uchta o‘yinda maydonga tushganiga qaramay, hali gollari hisobini ocha olgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi