19:43 / 09.04.2024
379

Mbappe “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi

Mbappe “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi
Kilian Mbappe kelasi yozda “Real”ga o‘tishi hal bo‘lgan masala ekani haqida xabarlar ko‘p tarqatilyapti.

Biroq PSJda yana bir Mbappe – Kilianning ukasi Itan ham bor. Joriy mavsum PSJda debyut o‘yinini o‘tkazgan 17 yoshli futbolchi bu gal akasining ortidan Madridga ketishga ko‘nmadi.

Kilian “Monako”dan PSJga transfer qilinganida ukasi Itanni PSJ akademiyasiga qabul qilishni talab qilgan edi. Mbappelarning to‘ng‘ichi “Real” bilan muzokaralarda ham huddi shunday talabni o‘rtaga tashlagan va “Qirollik klubi” bunga ko‘ngan. Lekin bu gal Itan Parijda qolishga qaror qilgani aytilmoqda.

PSJ rahbariyati shartnomasi yozda tugaydigan Itan bilan uni uzaytirish uchun muzokara o‘tkazayotgan edi. Lekin Kilian jamoada qolmasligini ma’lum qilganidan keyin Itan bilan kelishuv ishlari to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi