16:19 / 10.04.2024
69

Mikel Arteta: «Bugun bizga xos bo‘lmagan gollarni o‘tkazib yubordik»

Mikel Arteta: «Bugun bizga xos bo‘lmagan gollarni o‘tkazib yubordik»
«Arsenal» ustozi Mikel Arteta kechagi uchrashuvdagi natija haqida fikr bildirdi.

«Raqibning gollari bizga biroz yomon ta’sir qildi. Bugun bizga xos bo‘lmagan gollarni o‘tkazib yubordik. Biroq bu Chempionlar ligasi, bu yerda barchasiga tayyor bo‘lishing kerak. Bu yerda har qanday kichik xato senga qimmatga tushishi mumkin. Bu — futbol. Bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Bugun biz raqibga to‘p bilan qochish uchun bir necha bor imkoniyat qoldirdik.

Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yin taqdirini o‘zgartirishga katta hissa qo‘shishdi. Men jamoamga ishonaman, biz Germaniyada o‘zimizga kerakli bo‘lgan natija bilan qaytishimiz mumkin. Buning uchun faqatgina yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim bo‘ladi
», — dedi Mikel Arteta.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» — «Arsenal» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprelga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta: «Bugun bizga xos bo‘lmagan gollarni o‘tkazib yubordik»