178
Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev Jahon kubogida uchchala yo‘nalishda ham oltin medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Uzbekistan Weightlifting Federation
Og‘ir atletika bo‘yicha Tailanddagi Jahon kubogining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari 10 aprel sanasida yakunlandi.
Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikkikurash natijasiga ko‘ra, 416 kg natija bilan uch yo‘nalishda ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Foto: Uzbekistan Weightlifting Federation
Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sharofiddin Amriddinov esa dast ko‘tarishda 170 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. U siltab ko‘tarishda 208 kg va ikkikurash natijasiga ko‘ra, 378 kg natija bilan mos ravishda 5- va 4-o‘rinlarni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi