07:10 / 12.04.2024
441

“Osiyo kubogi U-23”da Fayzullayevning o‘rnini kim bosadi?

“Osiyo kubogi U-23”da Fayzullayevning o‘rnini kim bosadi?
23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Bu musobaqa yozda Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyati. Osiyo kubogi sovrindorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri olimpiya litsenziyasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa esa Afrika vakili Gvineyaga qarshi pley-offda to‘p tepishi belgilangan.

Sports.uz portali Osiyo kubogining O‘zbekiston, Kuvayt, Vetnam va Malayziya terma jamoalaridan tarkib topgan “D” guruhi haqida ma’lumot beradi.

O‘ZBЕKISTON U-23 TЕRMA JAMOASI
Avvalgi ishtiroklari: 5 marta
Eng yaxshi natija: Chempion (2018 yil)
2022 yildagi ko‘rsatkich: Ikkinchi o‘rin
Saralashdagi natijasi: “E” guruhi g‘olibi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga ortiqcha qiyinchiliksiz chiqdi. Yurtimizda tashkil etilgan saralash turnirida futbolchilarimiz Afg‘onistonni 8:1, Gonkongni 10:0 va Eronni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Avvalgi uchta musobaqada yarim finalga chiqa olgan futbolchilarisiz bu gal ham uzoqqa borishni ko‘zlamoqda. Maksimal natija chempionlik va minimal vazifa tarixiy ilk olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat bo‘lishi kundek ravshan.

Timur Kopadze tarkibga “Lans”dan Abduqodir Husanov, SSKAdan Abbosbek Fayzullayev, “Al-Vahda”dan Hojimat Erkinovni jalb qila olmadi. Yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi FIFA kunlaridan tashqarida o‘tkazilayotgani bois klublar legionerlarimizni qo‘yib yubormadi. Biroq bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev Qatarga kelmagan taqdirda uning o‘rnini kim bosadi?

Terma jamoamiz tarkibida Jasur Jaloliddinov, Umarali Rahmonaliyev, Ruslan Jiyanov, Husayn Norchayev kabi xorijiy chempionatlarda tajriba to‘plagan futbolchilar bor. Qolaraversa, musobaqaga jalb qilingan har bir o‘yinchi bellashuvlarda birdan porlashi mumkin.

Bo‘lajak turnir iste’dodli yosh o‘yinchilarga o‘z salohiyatini namoyon qilish uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

KUVAYT U-23 TЕRMA JAMOASI
Avvalgi ishtiroklari: 2 marta
Eng yaxshi natija: Guruh bosqichi
2022 yildagi ko‘rsatkich: Guruh bosqichi
Saralashdagi natija: Ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rt jamoadan biri.

Kuvaytliklar saralashni ikkinchi o‘rinda yakunladi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu muvaffaqiyatga erishishlarida saralash o‘yinlarida to‘rtta gol urgan Salmon Muhammadning xizmati katta bo‘ldi.

Kuvayt mazkur to‘purar yordamida o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqish uchun kurashadi.

VЕTNAM U-23 TЕRMA JAMOASI
Avvalgi ishtiroklari: 4 marta
Eng yaxshi natija: Ikkinchi o‘rin (2018 yil)
2022 yildagi ko‘rsatkich: Chorak final
Saralashdagi natija: “S” guruhi g‘olibi

Vetnam Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqishi mumkin edi. Lekin Xitoyda o‘tgan musobaqaning finalida qo‘shimcha taymlarda ular O‘zbekiston terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Vetnamliklar o‘zlari uchun muvaffaqiyatli kechgan saralash turnirida Guamni 6:0, Yamanni 1:0 hisobida yengib, Singapur bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Bosh murabbiy yoshlar o‘rtasidagi chempionatga Vetnam milliy terma jamoasidan yetti nafar o‘yinchini jalb qilgan. Bu omil ularni pley-offga chiqish uchun asosiy da’vogarga aylantiradi.

MALAYZIYA U-23 TЕRMA JAMOASI
Avvalgi ishtiroklari: 2 marta
Eng yaxshi natija: Chorak final (2018 yil)
2022 yildagi ko‘rsatkich: Guruh bosqichi
Saralashdagi natija: Ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rt jamoadan biri.

Saralash turnirida Bangladesh va Filippin ustidan qozonilgan g‘alabalar malayziyaliklarga Osiyo kubogi final bosqichi eshigini ochdi. Ular bu gal 2018 yilda erishilgan eng yuqori natijalarini yangilashga harakat qilishadi.

Bosh murabbiy Xuan Garrido bu yo‘lda Nua Layne, Muxayri Ajmala va Yaponiyada o‘ynayotgan Luqmon Hakimga tayanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Osiyo kubogi U-23”da Fayzullayevning o‘rnini kim bosadi?