17:15 / 13.04.2024
170

IBA prezidenti Umar Kremlyov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

IBA prezidenti Umar Kremlyov O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Foto: Boks federatsiyasi
14 aprel kuni Toshkentda ilk bor “IBA chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tadi. Ushbu boks janglarini jonli ko‘zatib borish va bokschilarni qo‘llab-quvvatlash uchun IBA prezidenti Umar Kremlyov ham Toshkentga tashrif buyurdi.

IBA rahbari va uning oila a’zolarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov va bir qator rasmiylar kutib oldilar. Bu haqida Boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Boks federatsiyasi
Oqshomning yangilangan kardi quyidagicha ko‘rinish olgan:

-75 kg: A’loxon Abdullaev — Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston)
-71 kg: Iqboljon Xoldorov — Rahmanqo‘l Sagadat (Qozog‘iston)
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov — Juma Choki (Tanzaniya)
-60 kg: Elnur Abduraimov — Carlos Ornelas (Meksika)
+92 kg: Jahongir Zokirov — Smaki Agron (Xorvatiya)
+92 kg: Maylk Xanter (AQSH) — Artyom Suslenkov (Rossiya)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Fatix Keles (Turkiya)
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Samuel Karmona (Ispaniya).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBA prezidenti Umar Kremlyov O‘zbekistonga tashrif buyurdi