
15 aprel kuni Qatarda U-23 Osiyo kubogi bahslari start oladi. Xabaringiz bor, FIFA kunlari bo‘lmagani sababli legionerlarning bu musobaqada ishtirok etishlari so‘roq ostida edi.
"Rubin" klubi Umarali Rahmonaliyevni musobaqaga qo‘yib yuborishi ancha oldindan ma’lum edi.
"Qayrat" ham Ibrohimhalil Yo‘ldoshevni U-23 Osiyo kubogiga yuborishga rozi bo‘lgandi. Kuni kecha SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 26 aprel kuni (chorak finaldan avval) terma jamoa ixtiyoriga yetib borishi ma’lum bo‘ldi.
"Al Vahda" vakili Hojimat Erkinov esa 22 apreldan keyin Dohaga uchib boradigan bo‘ldi.
Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov masalasi hozircha ochiq turibdi. O‘FA rahbariyati va futbolchining agenti "Lans" bilan so‘nggi muzokaralarni olib borishmoqda.
U-23 Osiyo KubogiQatarda MusobaqaLegionerlar IshtirokiUmarali RahmonaliyevIbrohimhalil Yo‘ldoshevHojimat Erkinov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar