05:46 / 17.04.2024
199

YECHL. 1/4 final. “Barselona”ni «qizil», «Atletiko»ni «sariqlar» to‘xtatdi

YECHL. 1/4 final. “Barselona”ni «qizil», «Atletiko»ni «sariqlar» to‘xtatdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob o‘yinlari 16 aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“PSJ” safarda “Barselona” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Rafinya darvozani ishg‘ol qildi. 29-daqiqada kataloniyaliklar himoyachisi Arauxo raqib futbolchisi Barkolani yiqitgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Qolgan daqiqalarda “Barselona” bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘yin ssenariysi boshqacha tus oldi. Dastlab, 40-daqiqada Usmon Dembele muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limni esa parijliklar kuchli bosim bilan boshladi. 54-daqiqada Vitinya qulay tarzda to‘pni o‘ziga o‘nglab olib, darvozaga yo‘lladi va Parij klubini hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada esa Kilian Mbappe penaltini golga aylantirdi. So‘nggi daqiqalarda Kilian dublni rasmiylashtirdi va “PSJ” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

“Borussiya D” esa o‘zida “Atletiko”ni qabul qildi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Yulian Brandt hisobni ochdi. 39-daqiqada Maatsen dortmundliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Mats Hummels o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 64-daqiqada Korrea hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, “Borussiya” futbolchisi Fyullkrug jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 74-daqiqada esa Zabitser hisobni 4:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yakuniy hisob — 5:4 “Borussiya D” foydasiga.

Shu tariqa yarim finalda “PSJ” va “Borussiya D” o‘zaro to‘qnash keladi.

YECHL. 1/4 final. 16 aprel
Javob o‘yinlari

Barselona — PSJ 1:4 (Birinchi o‘yin — 3:2)
Gollar
: 1:0 – 12 Rafinya, 1:1 – 40 Dembele, 1:2 – 54 Vitinya, 1:3 – 61 Mbappe (penalti), 1:4 – 89 Mbappe.
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu (Joau Feliks, 82), Gundo‘g‘an, de Yong (Lopes, 82), Pedri (Ferran Torres, 62), Rafinya, Yamal (Martines, 34), Levandovski.
“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinos, Ernandes, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 77), Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 80), Kolo-Muani, Dembele, Barkolya (Li Kan In, 77), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Martines (40), Mbappe (40), Fabian Ruis (45+1), Levandovski (50), Markinos (62), Gundo‘g‘an (64), Donnarumma (87).
Chetlatish: Arauxo (29), Xavi (56).

Borussiya D — Atletiko 4:2 (Birinchi o‘yin — 2:1, madridliklar g‘alab qozonishgan)
Gollar
: 1:0 – 34 Brandt, 2:0 – 39 Matsen, 2:1 – 49 Hummels (avtogol), 2:2 – 64 Korrea, 3:2 – 71 Fyullkrug, 4:2 – 74 Zabitser.
“Borussiya D”: Kobel, Ryuyerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Roys, Zabitser, Jan, Brandt, Sancho (Ozjan, 86), Adeyemi (Bayno-Gittens, 66), Fyullkrug.
“Atletiko”: Oblak, Molina (Barrios, 46), Ximenes, Ermoso, Vitsel, Aspilikueta (Rikelme, 46), Koke, De Pol (Saul, 84), Lorente, Grizmann, Morata (Korrea, 46).
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (30), Ryuyerson (43), Ermoso (45+1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. 1/4 final. “Barselona”ni «qizil», «Atletiko»ni «sariqlar» to‘xtatdi