21:00 / 17.04.2024
468

Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor!

Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor!
"Baltika" bilan o‘yinda "eng yaxshi futbolchi" bo‘lgani uchun jamoadoshlarini osh bilan siyladi
O‘zbek futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev har qanday chempionat va musobaqada o‘ynay olishini ko‘rsatib kelmoqda.

20 yoshli futbolchimiz O‘zbekistonning turli terma jamoalari safida xalqaro maydondagi qit’a va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek, legioner sifatidagi ilk mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi o‘yinlarida mahorat ko‘rsatyapti. Mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilayotgan Fayzullayev Yevropaning kuchli ligalariga o‘tish uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘zbek futbolchisiga Italiyaning eng qadimiy jamoalaridan biri “Parma” qiziqish bildirmoqda. Ushbu klub 1913 yilda tashkil etilgan va katta tarixga ega, Italiya futbolida o‘z o‘rni bor jamoalardan hisoblanadi.

“Parma” faoliyatini yoritib borayotgan parmalive.com sayti eksperti Juzeppe Emanuele Frizone ushbu jamoa o‘zbek futbolchisini kuzata boshlagani haqida ma’lumot tarqatdi.

- A Seriyaga chiqish uchun kurashni davom ettirayotgan “Parma” hozirdan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, klub Markaziy Osiyoning yulduz darajadagi o‘yinchisini kuzatuvga olgan. Bu Abbosbek Fayzullayev.

Abbosbek texnikasi kuchli pleymeyker va yosh hujumchi sifatida Moskvaning SSKA jamoasi sharafini himoya qilyapti. Bu futbolchi ayniqsa, gollarga assistent sifatida samarali o‘ynamoqda.

Hujumkor o‘zbek futbolchisi o‘z qit’asining eng salohiyatli yosh o‘yinchilaridan hisoblanadi va so‘nggi oylarda unga “Bavariya” qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar chiqarilmoqda
, - deb yozdi Juzeppe Emanuele Frizone.

“Parma” ayni paytda V Seriyada ishtirok etmoqda. Parmaliklar 33-turdan so‘ng, 69 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Bu jamoa eng yaqin ta’qibchisi “Komo”dan besh ochkoga o‘zib ketgan.

Abbosbek Fayzullayev kuni kecha Rossiya kubogi yarim finalida “Baltika” darvozasini ishg‘ol qilib, SSKAni finalga olib chiqdi. Legionerimiz SSKA safida jami 25 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt portali “armiyachilar” bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchimizni 5 million yevroga baholamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor!