08:29 / 18.04.2024
81

“Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video)

“Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video)
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob o‘yini 17 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Bavariya” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa faolroq harakat qilgan myunxenliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 63-daqiqadagi gol Yozua Kimmix nomiga yozildi. Ushbu gol o‘yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi va “Bavariya”ga g‘alaba keltirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Umumiy hisobni 3:2 ga yetkazgan myunxenliklar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

YECHL 1/4 final
17 aprel, chorshanba

“Bavariya” – “Arsenal” 1:0
Gol
: 1:0 – 63 Kimmix.

“Bavariya”: Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui (Kim Min Chje, 76), Gerreyru, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Upamekano, 89), Musiala, Keyn.
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu (Nketia, 86), Jorjino (Gabriel Jezus, 68), Edegor, Rays, Havers, Martinelli (Trossard, 68), Saka.
Ogohlantirishlar: Laymer (54), Uayt (84), Kimmix (90+2), Gabriel Jezus (90+3).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video)