18:25 / 18.04.2024
349

Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda

Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda
14 karra Chempionlar ligasi sohibi "Real" kuboklar sonini yana bittaga ko‘paytirishga yaqin kelmoqda. Madridliklar turnirdagi eng xavfli raqibi hisoblangan "Manchester Siti"ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Kepa esa 11 metrlik jarima zarbalarini amalga oshiradigan futbolchilarni tanlashda va Andrey Luninga ko‘rsatmalar berishda o‘z yordamlarini ayagani yo‘q.

Bundan 5 yil oldin "Chelsi" "Manchester Siti" bilan Angliya liga kubok finalida to‘qnash keladi. O‘shanda asosiy tarkibda maydonga tushgan ispaniyalik posbonni Mauritsio Sarri penaltilar seriyasida zahiraga olishni istaydi va uning o‘rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo‘ladi, lekin Kepa bunga qarshilik qilib, o‘ziga ishonayotganligini aytadi. Yakunda "shaharliklar" g‘alaba qozonadi, qahramonimiz esa tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketadi.

O‘sha seriyada Bernardu Silva markazga zarba berib, gol uradi. Kepa buni yaxshi eslab qolgan ekan. U Luninga portugaliyalik futbolchini aynan o‘rtaga tepishini va joyidan qimirlamaslikni maslahat bergan. Buni ukrainalik darvozabonning o‘zi ham tasdiqladi.

Arrisabalaganing 5 yildin oldin qilgan bu ishini deyarli barcha qoralaydi, tanqid qiladi va ustidan kuladi. Ammo uning o‘shanda maydonda qolganligi bugun qaysidir ma’noda "Real"ni Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi deyish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda