23:12 / 18.04.2024
819

Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi

Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi
“Barselona” Chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida PSJdan 1:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan keyin jamoa futbolchilari o‘rtasida ziddiyatli vaziyat kelib chiqdi. Bunga Ilkay Gyundog‘anni birinchi bo‘limda qizil kartochka olgan Ronald Arauxoni ochiqchasiga tanqid qilgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumki, kataloniyaliklar 1:0 hisobida oldinda borayotgan pallada Arauxo darvozabon bilan bir-birga vaziyatga chiqib ketayotgan raqib futbolchisini chalib yiqitadi va maydondan chetlatiladi. Ilkay Gyundog‘an bu kabi murakkab uchrashuvlarda jamoani qiyin ahvolda qoldirib ketishdan bitta gol o‘tkazib yuborgan ma’qulligini aytib, Arauxoning xatti-harakatlarini qoraladi.

Arauxo tajribali jamoadoshiga javob qaytarishni istamadi. Urugvaylik futbolchi maydonni tark etganidan keyin parijliklar to‘rtta gol urishni uddaladi.

“Barselona”ning bir guruh futbolchilari Ilkay Gyundog‘an bunday vaziyatda Arauxoni ochiqchasiga ommaviy tarzda tanqid qilganiga qarshi chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi