08:05 / 22.04.2024
112

“Real” “Barselona”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi

“Real” “Barselona”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” uchrashuvi 21 aprel, yakshanba sanasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisob ochildi. Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Kristensen Lunin darvozasiga joylab qo‘ydi. 18-daqiqada esa Vinisius Junior penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkorlik namoyish etdi. 69-daqiqada ajoyib kombinatsion hujumni Fermin Lopes gol bilan yakunladi. Madridliklar tezkorlik bilan javob qaytardi. 73-daqiqada Vinining uzatgan to‘pini Vaskes darvozaga yo‘lladi.

O‘yin oxirida Jud Bellinghem jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 81 taga yetkazdi va 2-o‘rindagi “Barselona” bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazdi.

“Real” — “Barselona” 3:2
Gollar
: 0:1 – 6 Kristensen, 1:1 – 18 Vinisius Junior (penalti), 1:2 – 69 Lopes, 2:2 – 73 Vaskes, 3:2 — 90+1 Bellinghem.
“Real Madrid”: Lunin, Ryudiger, Tchuameni, Valverde, Kamavinga (Fran Garsiya, 71), Modrich, Kroos (Braim Dias, 71), Bellinghem, Vaskes, Vinisius Junior (Xoselu, 82), Rodrigo (Militao, 74).
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Lopes, 46), Gundo‘g‘an, de Yong (Pedri, 45), Rafinya (Joau Feliks, 64), Yamal, Levandovski (Ferran Torres, 64).
Ogohlantirishlar: Kamavinga (33), Vinisius Junior (75), Kunde (75), Modrich (83).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” “Barselona”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi