
Bugun, 23 aprel kuni Timur Kapadze shogirdlari Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida Vetnamga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi. Unda guruh g‘olibi aniqlanadi. Chunki har ikki jamoa avvalgi turlarda g‘alaba qozongan va har birining hisobida 6 tadan ochko bor.
Guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa chorak finalda Saudiya Arabistoni, 2-o‘rin sohibi esa Iroqqa qarshi bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar