
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi doirasida O‘zbekiston 23 aprel, seshanba kuni Vetnamga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochdi. Shundan keyin ham o‘zbekistonliklar hujumkorlikni to‘xtatmadi.
36-daqiqaga kelib, Ruslanbek Jiyanov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Oradan 4 daqiqa o‘tib, Odilov dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Timur Kapadze shogirdlari guruhda 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichida Malayziyani 2:0 hisobida, Kuvaytni esa yirik hisobda mag‘lub etgandi.
Pley-offda O‘zbekistonga C guruhida 2-o‘rinni olgan Saudiya Arabistoni raqiblik qiladi.
U-23 Osiyo Kubogi
3-tur
O‘zbekiston U-23 – Vetnam U-23 3:0
Gollar: 1:0 — 4 Odilov, 2:0 — 36 Jiyanov, 3:0 — 40 Odilov.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Saidazamat Mirsodiqov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev (Asadbek Rahimjonov, 46), 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasurbek Jaloliddinov (Diyor Xolmatov, 46), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev ( Abbosbek Fayzullayev, 70), 15. Umarali Rahmonaliyev, 20. Ruslanbek Jiyanov (Hojimat Erkinov, 64), 22. Alisher Odilov (Husayn Norchayev, 78).
Vetnam U-23: 13. Nguen Anviet, 2. Nguen Xon, 3. Tran Kuang, 4. Luong Duy, 7. Xoang Van, 8. Nguen Duk, 10. Vo Nguen, 17. Nguen Duk Pxu, 19. Nguen Tai, 20. Nguen Ngok, 22. Nguen Ming Kuang. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar