
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kecha "Al Rabia" TV orqali Iroqning raqibini muxokama qilgan jurnalistlar terma jamoamizni dadil qarorini maqtadi. Ular O‘zbekiston U23 termasini Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan qochmay, 3-turda g‘alaba uchun o‘ynaganini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, Kapadze shogirdlarini musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogar ekanligi va bizda yaxshi avlod yetishib chiqayotgani haqida fikr bildirdi. Hamyurtlarimiz guruh bosqichida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan 2 jamoadan biri bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U23 va Saudiya Arabistoni U23 jamoalari o‘rtasidagi bahs 26 aprel kuni soat 19:00da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar