09:10 / 25.04.2024
95

Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi

Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi keyingi mavsum ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis klub prezidenti Xoan Laporta bilan uchrashgan va rahbar undan qolishni so‘ragan.

Suhbatdan so‘ng Xavi “Barselona” rahbariyatining shartlarini qabul qilgan va jamoadagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘lgan. Tez orada rasmiy qadamlar ham tashlanadi.

Xavi avvalroq mavsum oxirida “Barselona”ni tark etishini ma’lum qilgandi. Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Xavi “Barselona”ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda.

Kataloniya klubi Xavi bilan Ispaniya chempionligini va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi