608
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi"
Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Saad Al Shehri O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Uchrashuv biz kutgandek qiyin ruhda o‘tdi va ikki jamoaning ham maydon markazini nazorat qilishga urinishiga guvoh bo‘ldik. Biz kuchli va taktik jihatdan uyushqoq jamoaga qarshi o‘ynadik. Bellashuv teng kurashlar ostida o‘tdi, ammo O‘zbekiston vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Ikkinchi bo‘limda imkoniyatlar yuzaga keltirib, hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo gol ura olmadik.
Ba’zi vaziyatlarda xotirjamroq harakat qilishimiz kerak edi. Men mag‘lubiyatda futbolchilarni ayblay olmayman, chunki O‘zbekiston turnir favoritlaridan biri edi.
Yahyoning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi. Ularning bu usuli himoyachilarimizni chekinishga va bir chiziqda turib, raqibni o‘tkazib yubormaslik uchun shiddatliroq o‘yin namoyish etishga majbur qildi.
Biz turnirning ushbu bosqichidan yengib o‘tishni hamda yarim final va Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishni intiqlik bilan kutayotgan edik, ammo biz qiyin raqibga duch keldik. Mag‘lubiyat uchun saudiyalik muxlislardan uzr so‘raymiz. Bu o‘yinni xursand holda tark etmadik, lekin o‘zimiz uchun kelajak avlodni kashf etdik. Mag‘lubiyat o‘tmishda qoldi, endilikda Saudiya futboliga xizmat qiladigan yosh avlodni shakllantirishga e’tibor qaratamiz", — dedi Al Shehri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi