date
views 141

Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov Qozog‘iston vakili Talgat Shaykenga qarshi jang qildi.

Jang Saidjamshidning ochkolar evaziga (79-73, 76-76, 80-72) g‘alabasi bilan yakunlandi va IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Ja’farov dastlab Doniyor Eleusinovga qarshi jang qilishi aytilgan edi. Biroq Doniyor jarohat olgani bois, uning o‘rnini Shayken egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi