Bundesliganing 31-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Ayntraxt”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Myunxenliklarning har ikki goli Harri Keyn hisobiga yozildi.
Angliyalik futbolchi Bundesligadagi debyut mavsumidayoq kiritgan gollari sonini 35 taga yetkazdi. Bundan tashqari, Keyn 35 ta gol urish uchun eng kam uchrashuv sarflagan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Bundesliga tarixida hali hech kim 31 ta uchrashuvda 35 ta to‘p kirita olmagan. Bu haqda Get German Football News nashri xabar berdi.
Harri Keyn “Tottenxem”dan “Bavariya”ga o‘tgan yili yozda ko‘chib o‘tgandi. Yangi jamoasi safida barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 42 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi