Messi sochi rangini o‘zgartirganiga izoh berdi

Messi sochi rangini o‘zgartirganiga izoh berdi
Messi sochi rangini o‘zgartirganiga izoh berdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi nima uchun sochini oq rangga bo‘yashga qaror qilgani haqida so‘zlab berdi.

«Og‘ir bir kunda sochimni bo‘yash haqida qaror qabul qilgandim. Men yangi hayotni boshlashim kerak edi. O‘zimga o‘zim dedim: «Barchasini boshidan boshlashim kerak», — deya eslaydi Messi.

Shuningdek, Lionel katta o‘g‘li Tiagoning futbolga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirib o‘tdi.

«Unga futbol to‘plarini sovg‘a qilmaslikka harakat qilaman, u futbolga unchalik qiziqmaydi. Ko‘ramiz, balki u jamoada o‘ynayotganida bu o‘yinga qiziqib qolarmikan», deydi u.

Hozirda Tiago Messi «Nyuells Old Boyz» klubi tizimida bo‘lib turibdi. Bu Lionel o‘ynagan ilk jamoa hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar