Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Shvetsiyaning Malmo shahrida shaxmat bo‘yicha "TePe Sigeman" turniri o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaisi, Vinsent Keymer, Ju Venjun, Peter Svidler, Anton Korobov, Nils Grandelius hamda Mark Andria Maurizzi kabi 8 nafar grossmeyster ishtirok etgan turnir o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov asosiy davrada 4,5 ochko jamg‘argan edi.

Nodirbek tay-brekda Piter Svidler va Arjun Erigaisi kabi grossmeysterlarni mag‘lub etdi. Ma’lumot o‘rnida, Abdusattorov ayni vaqt FIDЕ reytingida 5-pog‘onani band etib turibdi.

Vakilimizni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etib, bu kabi muvaffaqiyatlar davomiy bo‘lishini tilab qolamiz!
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar