06:56 / 09.05.2024
150

YECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni mag‘lub qilib, finalga yo‘l oldi

YECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni mag‘lub qilib, finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida “Real” va “Bavariya” jamoalari 8 may, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

Bugungi bahsning hujumlarga boy birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham klublar hujumkorlikni davom ettirdi. Madridliklar golga yaqin kelgan bo‘lsa-da, 68-daqiqada Myunxen klubi futbolchisi Alfonso Devis Lunin darvozasini ishg‘ol qildi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tib, “qaymoqranglilar” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, jarima maydoni ichida Nacho Kimmixga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun gol bekor qilindi.

88-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Xoselu muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa aynan Xoselu madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa “Real” kambek qayd etib, g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Karlo Anchelotti shogirdlari finalda “Borussiya D”ga qarshi bahs olib boradi.

YECHL 1/2 final
8 may, chorshanba

“Real” – “Bavariya” 2:1
Gollar
: 0:1 – 68 Devis, 1:1 – 88 Xoselu, 2:1 – 90+1 Xoselu.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Valverde (Xoselu, 81), Bellingem, Kroos (Modrich, 69), Tchuameni (Kamavinga, 70), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 81).

“Bavariya”: Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui, Pavlovich, Laymer, Kimmix, Sane (Kim Min Chje, 76), Musiala (Myuller, 84), Keyn (Shupo-Moting, 85), Gnabri (Devis, 27).

Ogohlantirish: Kamavinga (90+11).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni mag‘lub qilib, finalga yo‘l oldi