
Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. "Borussiya" PSJni, "Real" esa "Bavariya"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bu esa to‘purarlar kurashini yo‘qqa chiqardi.
Aayni paytda Xarri Keyn va Kilian Mbappe 8 ta goli bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. Undan keyingi o‘rinni egallagan Erling Xoland va Grizmannlar hisobida 6 tadan gol mavjud.
Turnirda o‘z yurishini davom ettirayotganlar orasida Xoselu, Vinisius va Rodrigo bir xil, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishgan. Fyullkrugda bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" - "Real" o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida 2 iyunga o‘tar kechasi "Uembli"da bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar