23:18 / 12.05.2024
151

Aleksandr Xomyakov: "Balki xato qilgandirman, buni tahlil qilamiz"

Aleksandr Xomyakov: "Balki xato qilgandirman, buni tahlil qilamiz"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- G‘alabaga juda yaqin kelgandik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilishga urindik. Afsus, raqibning ikki goli evaziga g‘alabani ushlab qola olmadik.

- Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar qanchalik o‘zini oqladi?
- Himoyani kuchaytirishni maqsad qilgandik. Orqada 3 ta himoyachi qo‘yib raqib bosimini kamaytirishga harakat qildik. Balki men xato qilgandirman. Tahlil qilamiz. Chetlatish ham albatta natijaga ta’sir qildi.

- "Andijon" himoyaviy o‘yinni erta boshlab yubordi. Birinchi bo‘limdagi o‘yin ikkinchisida kuzatilmadi. Sizningcha, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim?
- Albatta, buni biz ham tushunib turibmiz. Ikkinchi bo‘limda himoyada xatoliklar bo‘ldi. Vaziyat mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda qarshi hujum uslubida harakat qildik. Bunaqa bosim yuqori o‘yinlarda bittagina vaziyat o‘yinning borishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Hamma futbolchilar eng yaxshi bo‘lishdi, alohida ajratib ko‘rsatmoqchi emasman.

- Bekmurodov va Abdug‘aniyevlarning almashtirilishi markazda o‘yinni boy berilishiga olib kelmadimi?
- Bu albatta bizning qarorimiz. Futbolda hamma narsa har doim ham o‘xshayvermaydi. "Neftchi"ning kuchli bosimi va harakati rejalarimizga ta’sir ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Balki xato qilgandirman, buni tahlil qilamiz"