Futbol bo‘yicha Bundesliganing 33-turida “Bayer” safarda “Boxum” mehmoni bo‘ldi.
Unda chempion klub mezbonlar darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Uchrashuvning birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarida Shik hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Bonifase hisobni 0:2 ga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limda Adli, Stanishich hamda Grimaldo o‘z hisobiga gollar yozdirib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa Alonso jamoasining barcha turnirlar doirasida mag‘lubiyatsiz seriyasi 50 ta o‘yinga yetdi. Leverkuzen klubi 352 kundan beri yutqazmayapti.
Bundesliga
33-tur bahsi
“Boxum” — “Bayer” 0:5
Gollar: 0:1 — Shik (41), 0:2 — Bonifase (45+2, penalti), 0:3 — Adli (76), 0:4 — Stanishich (86), 0:5 — Grimaldo (90+3).
“Boxum”: Rimann, Passlak, Ordes, Shlotterbek, Bernardo (Mashovich, 46), Vittek, Losilla (Bero, 61), Shteger, Osterxage, Asano (Ermann, 20), Hofmann (Dashner, 61).
“Bayer”: Gradetski, Stanishich, Ta, Tapsoba, Kossunu (Hofmann, 64), Artur, Jaka (Puerta, 80), Andrix, Tella (Grimaldo, 80), Shik (Adli, 69), Bonifase (Iglesias, 69).
Ogohlantirishlar: Tella (27), Shlotterbek (45+1), Ordes (63).
Chetlatish: Passlak (15). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi