
Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining finalida “Yuventus” va “Atalanta” 15 may, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Dushan Vlahovich hisobni ochdi. O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi va turinliklar g‘alaba qozondi.
“Yuventus” o‘z tarixida 15 marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi. Bu rekord hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlardagi “Roma” va “Inter”da 9 tadan g‘alaba mavjud. “Byankoneri” so‘nggi bor 2021 yilda Italiya Kubogida zafar quchgandi.
Shuningdek, klub Massimiliano Allegri qaytganidan so‘ng ilk bor sovrin qo‘lga kiritdi.
Italiya Kubogi
Final
15 may, chorshanba
“Atalanta” – “Yuventus” 0:1
Gol: 0:1 – 4 Vlahovich.
“Atalanta”: Karnezekki, Zappakosta (Hatebur, 59), Jimshiti, Xin (Skalvini, 59), de Ron (Toloi, 65), Rujeri, Pashalich (Miranchuk, 59), Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Ture, 46), Lukman.
“Yuventus”: Perin, Kambyazo (Vea, 81), Danilo, Bremer, Gatti, Rabo, Nikolussi-Kavilya (Miretti, 62), Makkenni, Keza (Yildiz, 69), Vlahovich (Milik, 81), Ayling.
Ogohlantirishlar: Xin (17), Vlahovich (55), Jimshiti (78), Bremer (90), Toloi (90+6). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar