
“Barselona” rahbariyati yanvar oyida Braziliyadan Vitor Rokeni olib kelgan edi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes unga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermadi.
Buning oqibatida braziliyalik futbolchining agentlari unga boshqa variantlar qidira boshladi.
Kataloniyaliklar “Atletiko Paranaense” tarbiyalanuvchisini olib kelish uchun umumiy hisobda 61 million yevro sarflaydi. Shundan 30 million yevro belgilangan summa va 31 million yevro bonus sifatida to‘lanishi kerak. Bu kelishuv o‘tgan yozda amalga oshirilgan va Vitor Roke qishda jamoaga yetib kelgandi.
"Vitor Rokening qishda jamoa safiga qo‘shilishi rejamizda yo‘q edi. Rejaga ko‘ra, u Braziliyada qolib, o‘yinini rivojlantirishi ko‘zda tutilgandi. Gavi va Alexandro Baldening jarohati uning Yevropaga kelishiga yo‘l ochdi.
Bu borada bahslashishdan foyda yo‘q. U hozir mashg‘ulotdagi futbolchi hisoblanadi. Undan o‘tib ketgan o‘yinchilar ham bor. Vitor Roke shu paytgacha faqat yoshlar bilan o‘ynagan", - dedi Xavi Ernandes. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar